Ko’p so’raladigan savollar
Push30 - bu sog`liq va sport sohasidagi korporativ imtiyozlar platformasi. Biz mijozlarimizga fitnes markazlarining keng tarmog`idan foydalanish, turli tadbirlar va turnirlarda qatnashish hamda fitnesga oid ko`plab videolardan bahramand bo`lish imkoniyatini taklif etamiz.
Shahardagi 150 dan ortiq fitnes markazlaridan foydalanish imkoniyati, barcha sport markazlaridan cheksiz foydalanish va ko`plab turli xizmatlar, turli fitnes tadbirlarida ishtirok etish imkoniyati, Hamkorlarning do`konlarida video va chegirmalar imkoniyati
Push30 hozirda xizmatlarni korporativ mijozlar va talabalar uchun taqdim etadi. Xodimlar kompaniya Push30 bilan shartnoma imzolaganidan keyingina xizmatdan foydalanishni boshlashlari mumkin. Foydalanuvchi avval ro`yxatdan o`tish jarayonini yakunlashi kerak. Keyin u o`zi xohlagan obunani tanlab, pulini to`lashi kerak. Shundan so`ng obuna ishga tushadi.Talaba uchun obunaga a’zo bo`lmoqchi bo`lgan talabalar birinchi bo`lib [email protected] elektron manziliga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.Shundan so`ng foydalanuvchi mobil ilovani yuklab olishi mumkin, foydalanuvchi o`z raqamini kiritgandan so`ng ilovadagi QR kodi bo`yicha o`z paketida mavjud bo`lgan markazlardan foydalanishni boshlashi mumkin.
Birinchidan, kompaniyangiz Push30 bilan shartnoma imzolashi kerak. Agar kompaniyangiz allaqachon Push30 bilan hamkorlik qilayotgan bo`lsa, mobil ilovaning "profil" bo`limiga kirib obuna bo`lishingiz mumkin.
Obuna to`lov amalga oshirilgan paytdan boshlanadi va keyingi 30 kunga amal qiladi
Dasturni “Apple Store” va “Play Store” dan yuklab olishingiz mumkin
Ayni vaqtda Push30 mijozlar2 ta obunani taklif qilmoqda: 'Standard' va 'Qo`shimcha'
"Standard" va "Qo`shimcha" obunalari Fitness markazlaridagi turli xil xizmatlar va narxlar bo`yicha farq qiladi. Har bir obunada yuqori darajali fitnes markazlari mavjud.
Standard obunaning oylik summasi = 855 000 SUM
Standard obunaning yillik summasi = 10 260 000 SUM
Qo`shimcha obunaning oylik summasi = 2 050 000 SUM
Qo`shimcha obunaning yillik summasi = 24 600 000 SUM
*Yuqoridagi narxlar QQS bilan qo`shib hisoblangan

Avval mavjud obunangizni tugatishingiz kerak. Obunangiz keyingi yangilanish sanasida tugaydi. Obuna muddati tugagach, boshqa yangi obunani tanlashingiz mumkin.
Agar kompaniya siz uchun to`lovni amalga oshirsa, Push30 kompaniyaga elektron chek yuboradi. To`lovni o`zingiz amalga oshirsangiz, profilingizdan bank kartangizni qo`shgan holda to`lashingiz mumkin.
Agar siz yangilangan sanada obuna to`lovini to`lamasangiz, obunangiz to`xtatiladi. To`xtatib qo`yganingizdan so`ng siz yangi tarifni tanlash orqali yangi obunani boshlashingiz mumkin
Mobil raqamingizni quyidagi formatda kiriting: 998781139091
Push30 ilovasida mavjud QR kodni ko`rsatishingiz kerak. QR kod skanerdan o`tkazilib, ID karta tekshirilgandan so`ng markazga kirasiz. Agar siz talaba bo`lsangiz, qo`shimcha ravishda talabalik guvohnomangizni ham ko`rsatishingiz kerak.
Push30 ilovasining QR sahifasida QR-kod mavjud. QR kod 10 soniya davomida faol bo`lib turadi. (Bu vaqtdan so`ng siz QR kodini yangilashingiz kerak, ya’ni undan chiqing va qayta kiring.)
Ilovada bizning tarmog`imizga kiritilgan har bir fitnes markazining profil sahifasi mavjud. Sahifada fitnes markazining aniq manzili va xaritadagi joylashuvini ko`rishingiz mumkin
Yo`q, 1 ta obuna faqat 1 foydalanuvchi uchun mo`ljallangan. Ilovaga telefoningizdan kirganingizdan so`ng, akkauntingiz faqat o`sha telefonga ulanadi
So`rovingiz bo`yicha sizga fitness markazlarining yangilangan ro`yxatini yuborishimiz mumkin. Shuningdek, tarmog`imizdagi barcha fitnes markazlari haqida batafsil ma’lumotni Push30 mobil ilovasida topishingiz mumkin
Yagona cheklov - kuniga maksimal 2 marta tashrif buyurish, fitness markazlarida QR-kodni skanerlash o`rasida 5 soatlik farq bo`lishi kerak. Bu cheklovlar firibgarlikning oldini olish uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari hech qanday cheklov yo`q.
Har safar mashq qilganingizda boshqa fitnes markazidan foydalanishingiz mumkin
Ha, "Qo`shimcha" obunasiga a’zo bo`lganlar tarmog`imizga kiritilgan barcha hamkor fitnes markazlardan foydalanishlari mumkin
Profilda ko`rsatilgan "Standard" va "Qo`shimcha" so`zlari foydalanuvchi olgan obuna rejasi bilan qaysi fitnes markazidan foydalanishi mumkinligini ko`rsatish uchun mo`ljallangan
Ha, QR kodni olish uchun sizga internet kerak bo`ladi. Agar internetingiz bo`lmasa, fitnes markazida Wi-Fi tarmog`iga ulanishingiz mumkin
Biz tarmog`imizga doimiy ravishda yangi, yuqori sifatli fitnes markazlarini qo`shmoqdamiz va biz foydalanuvchilarning takliflariga doimo quloq solamiz. Shuning uchun, tarmoqqa qo`shishimizni xohlagan fitnes markazingiz bo`lsa, bizga xabar bering va biz o`sha fitness markazini qo`shishga harakat qilamiz
Elektron pochta: [email protected] Mobil raqam:+998900033544
Hozirgi bosqichda obunani muzlatish tanlovi mavjud emas, lekin obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin
Yangi kompaniyangiz Push30 bilan shartnoma imzolagandan so`ng bizning xizmatlarimizdan foydalanishda davom etishingiz mumkin bo`ladi
Ha, "Standard" va "Qo`shimcha" obunadan foydalanuvchilarning har bir 5 ta birinchi darajali (ota, ona, aka, opa-singil, bola, turmush o`rtog`i) oila a’zolariga obuna bo`lish uchun ariza topshirishi mumkin. Murojaat faqatgina [email protected] ga yo`llanishi mumkin. Kadrlar bo`limi tomonidan push30 elektron pochta manziliga yozilishi kerak. Qarindoshlik darajasini tekshirish uchun ilovada shaxsni tasdiqlovchi hujjat ham yuborilishi kerak.
Obunani bekor qilish uchun Push30 mijozlarga xizmat ko`rsatish markazi bilan bog`lanishingiz kerak. Agar keyingi yangilanish sanasida obuna faollashishini istamasangiz, 'Obunani tugatish' tugmasini bosing. Tugmani bosish joriy obunaga ta’sir qilmaydi.
Ism va familiyani o`zgartirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Push30 mijozlarga xizmat ko`rsatish markazi bilan bog`laning.
Ha. Yillik rejaning birinchi oyi va oxirgi 3 oyi uchun sizdan oldindan to`lov olinadi. Qolgan 8 oy bo`lib-bo`lib to`lanadi. Bo`lib-bo`lib to`lash funksiyasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ' Foydalanuvchi shartlari 35-41'ga tashrif buyuring
Foydalanuvchi paketni tanlagandan so`ng Mobil ilovada ko`rsatilgan yillik obuna rejasining narxi 12 oyga mo`ljallangan bo`lib, 1 oylik to`lov proporsional bo`lish yo`li bilan hisoblanadi.
To`langan boshlang`ich summa obuna to`xtatilgandan so`ng qanday sababga ko`ra to`xtatilganidan qat’iy nazar qaytarilmaydi. Bo`lib-bo`lib to`lash funksiyasi haqida qo`shimcha maʼlumot olish uchun “Foydalanuvchi shartlari 35-41” bo`limiga tashrif buyuring.

Bo`lib-bo`lib to`lash tanlovi barcha obuna rejalari uchun amal qiladi
Oylik obuna rejalari quyidagi hollarda qaytarilmaydi:
- Foydalanuvchi obuna rejasidan va bizning xizmatlarimizdan allaqachon foydalanishni boshlagan bo`lsa.
- To'lov 14 (o`n to`rt) kun dan ortiq vaqtdan keyin qabul qilingan va amalga oshirilgan bo`lsa.
Yillik obuna rejalari quyidagi shartlar bo`yicha hisoblanadi:
- Amal qilish muddati 6 (olti) oydan kam bo`lgan yillik obuna rejalari uchun to`lov qaytarilmaydi.
- Obuna rejasining amal qilish muddati 6 (olti) oylik muddatdan ortiq bo`lsa: Foydalanuvchi tomonidan to`lanadigan to`lov 12 (o`n ikki) oyga bo`linadi va obuna uchun oylik to`lov narxi hisoblanadi.Yillik obuna rejasining foydalanilmagan muddati hisoblangan oylik to`lov narxiga ko`paytiriladi. Yakuniy miqdordan 50% jarima olib tashlanadi va qolgan summa Foydalanuvchiga qaytariladi.
Agar foydalanuvchining obuna rejasi uchun to`lov Kompaniya tomonidan amalga oshirilsa, pulni qaytarish shartlari Push30 va Kompaniya o`rtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi